add

Toshkentda atmosferaga zarar yetkazgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi

Bugun 11:55501

Toshkent shahri va viloyatida joylashgan 4 mingdan ortiq obyekt tekshirilib, 106 xo‘jalik faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, 58 issiqxona xo‘jaligiga esa ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Toshkentda atmosferaga zarar yetkazgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8-fevraldagi 59-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havoga zararli moddalar chiqarish holatlarini kamaytirish maqsadida keng ko‘lamli nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbirlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari tomonidan 300 dan ortiq mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar tomonidan olib borilgan.

Ular poytaxt va viloyat hududidagi issiqxona xo‘jaliklari, sanoat korxonalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish zavodlari va boshqa yirik ishlab chiqaruvchi hamda ijtimoiy soha ob’ektlari to‘liq xatlovdan o‘tkazgan. Jami 4 869 ta obyekt tekshirilgan.

Natijada, dudburondan noto‘g‘ri foydalangan 58 issiqxona xo‘jaligiga ma’muriy jarima qo‘llanilgan, 106 xo‘jalik faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Shuningdek, 387 holatda plyonka, avtoshina va o‘simlik qoldiqlarini yoqilg‘i sifatida ishlatmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirish xatlari yuborilgan

Esslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident farmoniga ko‘ra, issiqxona xo‘jaliklari 2028 yil oxirigacha mavjud soliq qarzini foizsiz to‘lash imkoniga ega bo‘lishi, shuningdek, ular uchun ijtimoiy soliq stavkasi 3 yilga 1 foiz darajada belgilanishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda atmosferaga zarar yetkazgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi | Vaqt.uz