add

Toshkentda «Aviasozlar» bozorida yirik yong‘in yuz berdi

Bugun 08:313361 daqiqa

Toshkent shahrida joylashgan «Aviasozlar» bozori hududida tungi payt yirik yong‘in sodir bo‘ldi, yong‘in favqulodda xizmatlar tomonidan to‘liq bartaraf etildi.

Toshkentda «Aviasozlar» bozorida yirik yong‘in yuz berdi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan «Aviasozlar» (sobiq «Kadisheva») bozori hududida 13-dekabrga o‘tar kechasi yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa bozorning Beshariq ko‘chasi tomonida joylashgan ma’muriy binolaridan birida ro‘y bergan.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, yong‘in haqidagi xabar tungi soat 01:30 da kelib tushgan. Qutqaruv va yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 01:34 da voqea joyiga yetib borgan va darhol o‘chirish ishlarini boshlagan.

Yong‘in qisqa vaqt ichida kengayib ketish xavfi yuqori bo‘lganiga qaramay, soat 02:29 da qurshab olingan. Favqulodda xizmatlar tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 03:03 da to‘liq o‘chirilgan. Vazirlik vaziyat to‘liq nazoratga olinganini bildirgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yoki tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Biroq, moddiy zarar hajmi va yong‘in chiqish sabablari hozircha ochiqlanmagan. Hodisa yuzasidan tegishli idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid