
Toshkentda Belgiya elchixonasi ochiladi: qirollikning geosiyosiy hisob-kitobi
Belgiya qirolligi Toshkentda o‘z elchixonasini ochish orqali Markaziy Osiyodagi ishtirokiga yangi bosqichda yondashishni maqsad qilgan.

Belgiya Toshkentda elchixona ochish qarorini qabul qildi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Maksim Prevoning ma’lum qilishicha, mamlakat Bu qadam Markaziy Osiyoni geostrategik nuqta nazaridan muhim hudud sifatida tan olish bilan bog‘liqdir. Belgiya mintaqadagi ishtiroki va ta’sirini mustahkamlashni strategik investitsiya sifatida baholamoqda.
Tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etilishicha, mintaqa — ayniqsa, Transkaspiy yo‘lagi orqali Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan zamonaviy transport-logistika markaziga aylanmoqda. O‘zbekiston ushbu jarayonda markaziy o‘rin tutayotganini e’tirof etgan Belgiya bu imkoniyatdan ortda qolmaslikni maqsad qilgan.
Maksim Prevoning ta’kidlashicha, diplomatik vakolatxonalar tarmog‘i mamlakat xavfsizligi va milliy manfaatlarini himoya qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois zamonaviy geosiyosiy sharoitda ushbu tarmoq yanada harakatchan va samarali bo‘lishi shart.
Elchixona ochilishi Belgiyaga mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni yaqindan kuzatish, hamkorlik salohiyatini erta aniqlash va aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi. Shu bilan birga, bu Yevropa Ittifoqi a’zolarining mintaqadagi mavqei mustahkamlanayotgani belgisidir.





