
Toshkentda «bola o‘g‘irlari» paydo bo‘lgani rostmi?
25.09.2025 | 21:4026072
Bolalarni aldab mashinaga solib olib ketishmoqchi bo‘lgani haqida tarqalayotgan audioxabarlar yuzasidan rasmiy izoh berildi.

So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda go‘yoki Toshkent shahrida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lganligi, maktablar, ko‘p qavatli uylar oldida bolalarni aldab mashinaga solib olib ketishmoqchi bo‘lgani haqida audioxabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabarlar yuzasidan poytaxt IIBB matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida so‘nggi besh yillik tahlillar jarayonida bola o‘g‘riligi holatlari qayd etilmagan va ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Boshqarma asoslanmagan va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni hamda ularni tarqatmaslikni so‘radi.





