add

Toshkentda bolalar basseynga cho‘kdi: Bosh prokuratura bir bola vafot etganini tasdiqladi

13.07.2025 | 14:003182

12 iyul kuni Toshkentda uy hovuzida yetti bola cho‘kkani va ikki nafari vafot etgani haqidagi xabarlar jamoatchilikda tashvish uyg‘otdi. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan bayonot berib, faqat bir bola halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Toshkentda bolalar basseynga cho‘kdi: Bosh prokuratura bir bola vafot etganini tasdiqladi
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 2025 yil 12 maydan 10 iyulgacha shoshilinch tibbiy yordam markaziga bolalar cho‘kishi bilan bog‘liq yettita murojaat kelib tushgan. Bolalarning to‘rt nafari sog‘ayib, uyiga javob berilgan. Ikki nafar bola shifoxonada qolmoqda, ulardan biri og‘ir ahvolda. Vafot etgan bola esa qarovsiz qolib, xonadondagi basseynga tushib ketgan. Shifoxonaga yetkazilganida unda biologik o‘lim holati qayd etilgan. Ayni paytda Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Prokuratura jamoatchilikni asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikka va rasmiy manbalar orqali xabar topishga chaqirdi.

Teglar

Mavzuga oid