add

Toshkentda daraxtlar kesilishi ortidan yetkazilgan zarar 1,4 mlrd so‘mdan oshdi

27.10.2025 | 16:323761

Avvalroq Yakkasaroy tumanidagi Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasidan boshlab joylashgan hududda 174 tup daraxt va buta noqonuniy ravishda kesib tashlangani aniqlangan edi.

Toshkentda daraxtlar kesilishi ortidan yetkazilgan zarar 1,4 mlrd so‘mdan oshdi

25 oktyabr tunida Yakkasaroy tumanidagi Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasidan boshlab joylashgan hududda 174 tup daraxt va buta noqonuniy ravishda kesib tashlangani aniqlangan edi.

Hodisa jamoatchilik va ekologik faollar e’tiborini tortdi. Ekologiya vazirligi huzuridagi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi mas’ullari joyiga chiqib holatni o‘rgandi. Tekshiruv natijasida tabiatga yetkazilgan zarar 1 milliard 460 million 952 ming so‘m deb hisoblandi. Bu haqda vazirlik rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kesilgan daraxtlar shahar muhiti va ekotizimiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Inspektorlar tomonidan tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilib, barcha hujjatlar qonunchilikka muvofiq chora ko‘rilishini ta’minlash uchun prokuratura organlariga yuborilgan.

Toshkent shahar hokimligi rahbariyati vaziyatni shaxsan nazoratga olgan. Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, aybdor shaxslarga nisbatan amaldagi qonunlar asosida qat’iy choralar ko‘riladi.

Shu bilan birga, bunday holatlarning kelgusida takrorlanmasligi uchun Ekologiya vazirligi va shahar hokimligi o‘zaro hamkorlikda ish olib borishni boshlagan. Hokimlik bu kabi qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikka va jamoat nazoratini kuchaytirishga va’da berdi.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda daraxtlar kesilishi ortidan yetkazilgan zarar 1,4 mlrd so‘mdan oshdi | Vaqt.uz