add

Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi, HET bunga izoh berdi

05.07.2025 | 20:305973

So‘nggi kunlarda Toshkent shahri va viloyatlarida elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Rasmiylarga ko‘ra, bu holat kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasidagi ishlar bilan bog‘liq.

Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi, HET bunga izoh berdi
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ma’lumotiga ko‘ra, ta’minotdagi uzilishlar rejali ta’mirlash va to‘liqlash ishlari, shuningdek, davlat dasturlari hamda sohaviy qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir. Kompaniya ta’kidlashicha, mazkur ishlar kechiktirib bo‘lmaydi va yozning issiq kunlarida ham davom etmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘lgan ushbu uzilishlar xususida, ayrim holatlarda issiq ob-havo va elektr yuklamasining ortishi ortidan yuzaga kelayotgan avariyaviy holatlar ham ta’minotdagi uzilishlarga sabab bo‘layotgani qayd etilgan. HETning ma’lum qilishicha, bunday vaziyatlar tezkor brigadalar tomonidan qisqa fursatda bartaraf etib borilmoqda. Kompaniya vujudga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘rab, rejali uzilishlar haqida aholini o‘z vaqtida xabardor qilish tizimini yaxshilashni va’da berdi. Eslatib o‘tamiz, 2024 yil may oyidan O‘zbekistonda ijtimoiy iste’mol standartlari joriy etilgan holda, aholi uchun elektr energiyasining tariflari ikki marta oshirildi. Hozirda 1 kVt/soat uchun bazaviy tarif 600 so‘mni tashkil etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid