add

Toshkentda ertadan maktab bozorlari faoliyati boshlanadi

14.08.2025 | 15:506572

15 avgustdan 1 oktyabrgacha poytaxtda o‘quvchilar uchun maxsus savdo rastalari ishlaydi, ularda kiyim-kechak va o‘quv qurollari sotiladi.

Toshkentda ertadan maktab bozorlari faoliyati boshlanadi
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov imzolagan qarorga muvofiq, maktab o‘quvchilari uchun zarur bo‘lgan kiyim-kechak, o‘quv qurollari va boshqa tovarlarni sotish maqsadida maktablarda va bozorlarda maxsus rastalar tashkil etiladi. Savdolar 2025 yil 15 avgustdan 1 oktyabrgacha davom etadi. Qarorga ko‘ra, ta’lim boshqarmasi maktab bozorlari haqida ommaviy axborot vositalari orqali e’lonlar beradi. Davlat matbuot va nashriyot-matbaa kompaniyalari o‘quv darsliklar savdosi uchun kitob do‘konlarining murojaatiga binoan joy ajratadi. Savdo rastalari maktablarda jami 12 ta nuqta va bozorlarda 287 ta joyda tashkil qilinadi. Bu maktab yoshidagi bolalar va ularning ota-onalari uchun barcha kerakli o‘quv jihozlarini bir joyda xarid qilish imkoniyatini yaratadi. Toshkent shahar Soliq boshqarmasi avgust–oktyabr oylarida maktab bozorlarida savdo qiladigan tadbirkorlardan belgilangan tartibda soliq va yig‘imlarni undirish bo‘yicha choralar ko‘radi. Bu tadbir orqali ham savdo intizomi ta’minlanadi, ham mahalliy byudjetga qo‘shimcha tushum kiritiladi.

Teglar

Mavzuga oid