add

Toshkentda Mustaqillik bayrami sayillari o‘tkaziladigan joylar e’lon qilindi

27.08.2025 | 08:0032933

30–31 avgust kunlari poytaxtning barcha tumanlarida bayram sayillari va yorqin konsertlar bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda Mustaqillik bayrami sayillari o‘tkaziladigan joylar e’lon qilindi
O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 30–31 avgust kunlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida bayram sayillari va ommaviy konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahri hokimligi bayram tadbirlari joylari va vaqti haqida ma’lumot berdi. Xabar qilinishicha, 30 avgust kuni soat 12:00 da Yunusobod tumanida joylashgan «O‘zekspomarkaz» maydonida tadbirlar boshlanadi. Shu kuni soat 18:00 da Bektemir tumani «Coca Cola Garden» bog‘i, Mirobod tumani «Furqat» bog‘i, Sergeli tumani markaziy xiyoboni, Olmazor tumani River park maydoni, Uchtepa tumani «ECO SEUL» bog‘i, Chilonzor tumani Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i), Shayxontohur tumani «Navro‘z» bog‘i va Yangihayot tumani «Yangi Darxon» mahallasi 45–46 uylar oldidagi maydonda ommaviy konsertlar bo‘lib o‘tadi. Bayram dasturi soat 19:00 da Mirzo Ulug‘bek tumani «Mirzo Ulug‘bek» istirohat bog‘i (Central Park), Yashnobod tumani «Ashxobod» istirohat bog‘i va Yakkasaroy tumani «Do‘stlik» istirohat bog‘ida davom etadi. Shahar hokimligi aholini bayramona kayfiyatni birgalikda his etish, shuningdek, konsert va sayillardan bahramand bo‘lishga taklif qiladi.  

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda Mustaqillik bayrami sayillari o‘tkaziladigan joylar e’lon qilindi | Vaqt.uz