add

Toshkentda O‘zbekiston kapital bozori bo‘yicha VII xalqaro konferensiya o‘tkazildi

06.09.2025 | 14:0026534

Poytaxtda Cbonds-Congress tomonidan Istiqbolli Loyihalar Milliy Agentligi (ILMA) va Investitsiya Institutlari Milliy Assotsiatsiyasi (IIMA) ko‘magida "O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori" mavzusidagi VII xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda O‘zbekiston kapital bozori bo‘yicha VII xalqaro konferensiya o‘tkazildi
Konferensiya mamlakat moliya bozorini chuqur integratsiya qilish,xalqaro tajriba almashish va yangi islohotlar yo‘nalishlarini belgilash uchun muhim maydonga aylandi. Konferensiya doirasida tartibga soluvchi organlar,xorijiy va mahalliy investorlar hamda emitentlar ishtirokida 2025 yildagi asosiy o‘zgarishlar,fond bozori dinamikasi va liberallashuv jarayonlari muhokama qilindi. Ishtirokchilar milliy kompaniyalarning IPO va SPO jarayonlari,xalqaro joylashtirish istiqbollari,shuningdek,islomiy moliya vositalarini joriy etish hamda fintex sohasidagi yangi imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratdilar. ILMA direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak ochilish nutqida kapital bozorini yangi bosqichga olib chiqish uchun tub islohotlar zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra,raqamlashtirish,dasturiy ta’minot va infratuzilma bilan bog‘liq muammolarga tezkor javob topish,shuningdek,xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish iqtisodiyot uchun strategik vazifa hisoblanadi.
"Emitentlar investorlarni endilikda kreditlar orqali emas,balki aksiyalar chiqarish va IPO orqali jalb qilishdan manfaatdor bo‘lishlari lozim", dedi Pak.
Shuningdek,u korporativ obligatsiyalar bozoridagi ijobiy o‘sishni alohida qayd etdi va bu yo‘nalish mamlakat moliya bozorining to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganidan dalolat berishini ta’kidladi. Tadbirda davlat organlari,yirik banklar,investitsiya kompaniyalari va brokerlik uylarini hamda xalqaro moliya institutlarini o‘z ichiga olgan 250 dan ortiq vakil ishtirok yetdi. Ekspertlar fikriga ko‘ra,konferensiyada ilgari surilgan tashabbuslar O‘zbekiston kapital bozorini modernizatsiya qilish,uni jozibador va xalqaro standartlarga mos tizimga aylantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Mavzuga oid