add

Toshkentda O‘zbekiston — Qatar o‘yini munosabati bilan yo‘llar vaqtincha yopiladi

09.06.2025 | 10:0015232

10 iyun kuni Toshkentda futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston — Qatar uchrashuvi munosabati bilan Bunyodkor stadioni atrofidagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Toshkentda O‘zbekiston — Qatar o‘yini munosabati bilan yo‘llar vaqtincha yopiladi
Yo‘llar soat 16:00 dan vaqtincha yopiladi. Harakat cheklanadigan hududlar quyidagilar: Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota – Qatortol chorrahasigacha; Chilonzor va KXAY ko‘chalari chorrahasidan Muqimiy ko‘chasi chorrahasigacha; Bunyodkor 2-darajali ko‘chasi — KXAYdan Muqimiy ko‘chasigacha; Alisher Navoiy va Furqat ko‘chalari chorrahasidan; Sebzor — Ganga ko‘prigi orqali Furqat ko‘chasi tomon tushish qismi; Zarqaynar ko‘chasidan tunelga tushish qismi; Bunyodkor ko‘chasining Kamolon ko‘prigi osti qismi; Ozarboyjon elchixonasi asosiy yo‘lga chiqish qismi; Qatortol – Cho‘ponota, Bunyodkor – KXAY, Bunyodkor – G‘avhar, Chilonzor – Cho‘ponota va TXAY – Bunyodkor chorrahalari; Bunyodkor 2-darajali yo‘li – Qatortol chorrahasi; Erkin YPX maskanidan og‘ir yuk mashinalarining harakati ham cheklanadi; Cho‘ponota — Shota Rustaveli chorrahasi. Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan harakatni oldindan rejalashtirish va muvaqqat yo‘l yopilishlariga tayyor turishni so‘ragan.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda O‘zbekiston — Qatar o‘yini munosabati bilan yo‘llar vaqtincha yopiladi | Vaqt.uz