add

Toshkentda piyoda yo‘laklari va sayilgohlar uchun 81,5 mlrd so‘m ajratildi

Shavkat Umrzoqov qaroriga ko‘ra, mablag‘ kompensatsiya, velosiped yo‘laklari, sayilgohlar va favvoralar qurilishiga yo‘naltiriladi.

Toshkentda piyoda yo‘laklari va sayilgohlar uchun 81,5 mlrd so‘m ajratildi
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov 2025 yil 4 iyun kuni 81,5 milliard so‘mlik mablag‘ni yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Qarorga ko‘ra, mazkur mablag‘ shahardagi bir necha muhim loyihalarga sarflanadi. Ajratiladigan mablag‘ mulkdor va fermer xo‘jaliklari yerlarining zaxira yer fondiga o‘tkazilishi bilan bog‘liq ravishda to‘lanadigan kompensatsiyalar, Yangi O‘zbekiston ko‘chasida piyoda va velosiped yo‘laklari qurilishi hamda hududda sayilgohlar va favvoralar tashkil etishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, qaror asosida mazkur hududda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Ijro nazorati Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Bahrom Haydarov zimmasiga yuklatilgan. U xalq deputatlari shahar kengashiga hisobot taqdim etadi. Ushbu mablag‘lar shahar infratuzilmasini yaxshilash, jamoat joylarini ko‘paytirish va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida yo‘naltirilayotgani ta’kidlanmoqda. Avvalroq Andijon shahrida shunga o‘xshash maqsadda 3,2 milliard so‘m ajratilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid