add

Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni sun’iy intellekt orqali jazolash boshlandi

14.07.2025 | 08:0021233

Toshkentda sun’iy intellekt texnologiyasi asosida ishlovchi videokameralar haydovchilar tomonidan piyodalarga yo‘l berilmagan holatlarni aniqlab, avtomatik jarimalarni qo‘llashni boshladi. Allaqachon 1700 dan ortiq jarima yozilgan.

Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni sun’iy intellekt orqali jazolash boshlandi
Bu tizim hozircha 10 ta piyodalar o‘tish joyiga o‘rnatilgan va avvalgi uch kunda 1700 dan ortiq qoid buzilish holati qayd etilgan. Mazkur ma’lumotini Ichki ishlar vazirligi YHXX departamenti matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev ham Spot nashriga rasman tasdiqlagan. Bloger Nikita Makarenko o‘zining Telegram-kanalida mazkur videokameralar faoliyat yuritayotganini tasdiqlovchi videolar bilan post yozdi. Bloger Makarenkoning ta’kidlashicha, tizim piyoda o‘tish yo‘laklarida harakatlanuvchi fuqarolarni avtomatik tarzda aniqlaydi va ularni o‘tkazmagan haydovchilarga jarima yuboradi. Ushbu texnologik yondashuv Toshkent shahar YHXX xizmati faoliyatidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda. Makarenko hududdagi xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida harakat qilayotgan davlat xodimlari mavjudligini qayd etar ekan, ushbu jarayonni PR emas, balki samarali boshlang‘ich sifatida baholadi. U haydovchilarni piyodalarga yo‘l berishga da’vat qildi. Ma’lum qilinishicha, kelgusida shunday SI-kameralar yana 30 ta chorrahaga o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bu esa Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda yangi bosqichni boshlab beradi.

Teglar

Mavzuga oid