add

Toshkentda qurib qolgan va shikastlangan daraxtlar inventarizatsiyasi boshlandi

10.08.2025 | 12:1514862

Toshkentda odamlar va mulkka xavf solayotgan qurib qolgan yoki shikastlangan daraxtlarni aniqlash va olib tashlash ishlari boshlandi.

Toshkentda qurib qolgan va shikastlangan daraxtlar inventarizatsiyasi boshlandi
Shahar Ekologiya boshqarmasi axborotiga ko‘ra, mazkur qaror ko‘plab daraxtlar yiqilishi oqibatida mulkka yetgan zarar holatlari ortishi tufayli qabul qilingan. 2022 yil 22 avgustdagi Vazirlar Mahkamasining 464-son qaroriga asosan zararlangan, kasal yoki hasharotlar yuqqan yashil hududlarda inventarizatsiya o‘tkazilmoqda. Mutasaddilar ta’kidlashicha, bu jarayonda barcha ekologik me’yorlar qat’iy saqlanadi. Har bir daraxtning holati o‘rganilib, faqat aholi xavfsizligi yoki atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hollardagina kesishga ruxsat beriladi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, 2022 yil 22 fevraldagi 86-son qaror hamda «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 37-moddasiga ko‘ra, daraxtlarni kesish faqat maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. Ekologiya boshqarmasi aholini uy yoki muassasa hududida xavfli daraxtlar mavjud bo‘lsa, bu haqda tegishli idoralarga xabar berishga chaqirdi. Maqsad — shahar yashil hududlarini sog‘lomlashtirish va xavfsiz muhit yaratish.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda qurib qolgan va shikastlangan daraxtlar inventarizatsiyasi boshlandi | Vaqt.uz