add

Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi 31 avgustgacha yopiladi

24.08.2025 | 17:009164

Toshkent markazidagi Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi rekonstruksiya ishlari tufayli 31 avgustgacha vaqtincha yopiladi.

Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi 31 avgustgacha yopiladi
Poytaxt hokimligi ma’lum qilishicha, cheklov Cho‘pon ota ko‘chasi kesishmasidan («Birodarlik qabrlari» yodgorligi) to Mirobod ko‘chasi kesishmasigacha («Grand Mir» mehmonxonasi) bo‘lgan oraliqqa taalluqli. Yo‘l yopilishi 24 avgustdan amalga kiritilgan bo‘lib, 31 avgustga qadar davom etadi. Toshkent shahar Transport bosh boshqarmasiga ko‘ra, ushbu cheklov sabab yo‘nalishlarda bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan: 12 va 45-sonli avtobuslar harakati Bobur, Kichik halqa yo‘li va Mukimiy ko‘chalari orqali aylanma yo‘nalishda harakatlanadi; 18-sonli avtobus Arnasoy ko‘chasi orqali; 33-sonli avtobuslar Cho‘pon ota va Bobur ko‘chalari orqali; 126-sonli yo‘nalish esa At-Termiziy va Bog‘i Bo‘ston ko‘chalari orqali; 69 va 114-sonli avtobuslar Cho‘pon ota ko‘chasidan o‘tmasdan, Kichik halqa yo‘li orqali; 38, 40, 57 va 58-sonli yo‘nalishlar Janubiy vokzaldan Kichik halqa yo‘li orqali; 67-sonli avtobus ikki tomonlama tartibda Shahrisabz va Nukus ko‘chalari orqali; 81 va 98-sonli avtobuslar Yusuf Xos Hojib ko‘chasidan; 2, 80, 94 va 127-sonli yo‘nalishlar Mukimiy ko‘chasining qisqa qismi orqali harakatlanadi. 135-sonli avtobus harakati esa qisqartirilib, Mukimiy ko‘chasidagi maxsus bekatgacha boradi. Hokimlikning ogohlantirishicha, ta’mir ishlari davomida shahar yo‘llarida tirbandliklar ko‘payishi mumkin. Shu bois avtobuslar vaqti va intervali rejadagidan uzoqqa cho‘zilishi ehtimoldan xoli emas. Avvalroq Toshkentda KHAYdagi xo‘jalik quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 18 avgustdan boshlab shu manzil orqali yuradigan jami 15 ta avtobus yo‘nalishi harakatiga vaqtincha o‘zgartirishlar kiritilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi 31 avgustgacha yopiladi | Vaqt.uz