
Toshkentda Turkiya maktabi uchun yer ajratiladi
09.06.2025 | 15:0038252
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, Toshkent shahrida turk maktabi qurilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha oliy darajadagi muzokaralar natijasida amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan Shayxontohur tumanida joylashgan Ko‘hota mahallasidan 31 sotix yer uchastkasi Turkiya maktabi qurilishi uchun O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratib berildi. Bu yerda zamonaviy ta’lim muassasasi barpo etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Jasorat” mahallasidan yana 2,5 gektar maydon xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat qurilishi uchun ajratildi. Mazkur ta’lim muassasasi ham vazirlik tasarrufida bo‘ladi.
Ushbu tadbirlar O‘zbekistonda ta’lim sohasini xalqaro hamkorlik asosida rivojlantirish, zamonaviy ta’lim infratuzilmasini kengaytirish va turli davlatlar bilan strategik aloqalarni mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Turkiya maktabining Toshkentda tashkil etilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘quv-tarbiya sohasidagi munosabatlarni yanada yaqinlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.





