add

Toshkentda yomg‘ir Konstitutsiya kuni bayrami arafasida kutilmoqda

28.11.2025 | 11:5815481 daqiqa

G‘uborli havo tark etmayotgan poytaxtda kutilayotgan yog‘ingarchilik kutilmalari haqida «O‘zgidromet» mas’ul xodimi Vaqt.uz nashriga ma’lum qildi.

Toshkentda yomg‘ir Konstitutsiya kuni bayrami arafasida kutilmoqda

Ob-havo prognozlariga ko‘ra, Toshkent shahrida 8-9-dekabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi rahbarining o‘rinbosari Ibratjon Karimov Vaqt.uz ga ma’lum qildi.

Ibratjon Karimovning aytishicha, Toshkent shahrida 1-dekabr sanasida kechki paytga borib, biroz yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin. Lekin ayni damda buning ehtimoli past ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, 3-5-dekabr kunlarida ham prognozlar bo‘yicha ehtimoliy kutilmalar bor. Ammo «O‘zgidromet» prognozlariga ko‘ra, 8-9-dekabr kunlarida Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli yuqori ekanligi qayd etilgan.

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov «X» ijtimoiy tarmog‘ida yaqin besh kunlik prognozlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmayotgani haqida yozgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 29-noyabrdan boshlab havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Sovuq havo 5-dekabrga qadar saqlanib turadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 28-noyabr kuni juma namozidan keyin O‘zbekistondagi barcha masjidlarda yomg‘ir so‘rab, jamoat bilan ikki rakat istisqo namozi o‘qiladi.

Teglar

Mavzuga oid