add

Toshkentdagi bog‘chalar karantinga olinishi rad etildi

Kecha 10:501 daqiqa

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi bog‘chalarda karantin joriy etilishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Sanepidqo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov «Vaqt.uz»ga ma’lum qilishicha, bunday xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Toshkentdagi bog‘chalar karantinga olinishi rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov «Vaqt.uz»ga bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi ham mazkur holat yuzasidan bayonot berib, hozirda Toshkent shahrida karantin e’lon qilinishiga sabab bo‘ladigan xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqaror ekanini bildirdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda aytilayotgan turli kasalliklar (qizamiq, meningit, gepatit, sil va boshqalar) bo‘yicha karantin e’lon qilinishi zaruratini keltirib chiqaradigan holatlar mavjud emas. Shuni ta’kidlash lozimki, har yili qishki mavsumda gripp va O‘RVI bilan kasallanish holatlari aholida mavsumiy ravishda ko‘payadi. Shu sababli ta’lim tashkilotlarida bolalar salomatligini himoya qilish maqsadida ertalabki filtr (saralash) ishlari, tana haroratini o‘lchash, kasallik belgilari bor bolalarni vaqtincha ajratish, ota-onalarga tavsiyalar berish kabi profilaktik choralar olib boriladi. Ayni shu filtr jarayonlari ayrim fuqarolar tomonidan karantin sifatida noto‘g‘ri talqin qilingan”, deyiladi bayonotda.

Qo‘mita boshqarmasi fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslik, faqat rasmiy manbalar orqali beriladigan ma’lumotlarga tayanishni so‘ragan.

Teglar

Mavzuga oid