
Toshkentdagi Mahtumquli ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi
06.10.2025 | 15:4012192
Toshkentning Yashnobod tumanida joylashgan Mahtumquli ko‘chasining bir qismi 5 oktyabrdan boshlab 1 noyabrgacha harakat uchun yopildi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qildi.

Hokimlik ma’lum qilishicha, yo‘l yopilishi Toshkent kichik halqa avtomobilar yo‘lining (KHAY) Mahtumquli ko‘chasi bilan kesishuvidagi ko‘prik ostida yo‘l infratuzilmasini yangilash ishlari olib borilayotgani bilan bog‘liq.
Shu munosabat bilan 5 oktyabrdan boshlab ko‘prik osti qismidagi avtomobil harakati vaqtincha cheklangan. Hokimlik bu cheklovlar fuqarolar xavfsizligi va qurilish ishlari samaradorligini ta’minlash maqsadida joriy etilganini qayd etgan.
Ta’kidlanishicha, 2025 yil 1 noyabrga qadar barcha ishlar yakunlangandan so‘ng yo‘l harakati to‘liq tiklanadi.





