Logo

Toshkentdagi portlashning sababi ochiqlandi

Bugun 14:021 daqiqa

«Hududgaz Poytaxt» bergan ma’lumot haqiqatga zid ekani ma’lum bo‘ldi.

Toshkentdagi portlashning sababi ochiqlandi © Ijtimoiy tarmoqlar

Avvalroq Toshkent shahrining Glinka ko‘chasida favqulodda holat sodir bo‘lgani va unda bir kishi yengil tan jarohati olgani haqida yozgan edik. Poytaxt hokimligining yozishicha, diametri 219 mm bo‘lgan yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz issiqlik tarmog‘i kamerasida to‘planib, avariya holatini yuzaga keltirgan. Tekshiruv davomida gaz quvurining taxminan 375 kv. sm (15×25 sm) maydonida bir nechta joydan gaz sizib chiqayotgani aniqlangan.

Aytilishicha, ayni paytda soha mutaxassislari hodisa sabablari va barcha tafsilotlarni batafsil o‘rganishda davom etmoqda. Tekshiruv yakunlangach, yo‘l qoplamasini tiklash ishlari davom ettiriladi va yaqin vaqt ichida yo‘l transport harakati uchun ochiladi.

photo_2026-09-04_13-59-04


Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakunlariga ko‘ra, aybdor shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ma’lum qilindi.

Voqea 3-sentabr kuni sodir bo‘lgandi. Rasmiy idoralar voqeadan so‘ng darhol izoh berib chiqqandi. Veolia Energy hech qanday sizib chiqish holati aniqlanmaganini yozgan bo‘lsa, «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali hududdan yuqori bosimli gaz quvuri o‘tmagani hamda sodir bo‘lgan hodisa tabiiy gaz tarmoqlari bilan bog‘liq emasligini iddao qilgandi. «Toshkent shahar suv ta’minoti» esa avariya ichimlik suvi tarmoqlariga tegishli emasligini bildirgandi.

Teglar

Mavzuga oid