add

Toshkentdagi savdo korxonasida yong‘in chiqdi

Hodisa qurbonlarsiz tugadi, ammo 30 metr kvadrat maydon zarar ko‘rgani ma’lum qilindi.

Toshkentdagi savdo korxonasida yong‘in chiqdi
Bugun, 11 iyul kuni Toshkent shahar Olmazor tumani Usta shirin ko‘chasidagi «Uz metal» savdo korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar FVB matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:34 da yetib borib,  yong‘in soat 19:53 da to‘liq o‘chirilgan. Aytilgan manzilda korxona hududida qurilish chiqindilari 30 kv.m maydonda yonib zararlangani aniqlandi. «Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda», - deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid