add

Toshkentdagi xonadondan 6 ming insonni zaharlashi mumkin bo‘lgan 1,5 mlrd so‘mlik narkotik topildi

27.06.2025 | 08:0012113

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi fuqaroning uyidan 1 milliard 506 million so‘mlik sintetik giyohvandlik vositasi topildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Toshkentdagi xonadondan 6 ming insonni zaharlashi mumkin bo‘lgan 1,5 mlrd so‘mlik narkotik topildi
Qayd etilishicha, «Qora dori - 2025» tadbiri doirasida Chilonzor tumanida joylashgan mavzelardan birida Stanislav ismli shaxs qo‘lga olinib, uning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan hamda undan 5 gramm giyohvandlik vositasi topilgan. Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash manzili ham xolislar bilan ko‘zdan kechirilgan. Aynan mana shu xonadonda giyohvandlik vositalari saqlanayotganligi aniqlangan. Mebelning tagidan 3 dona qora paketning ichida oq rangli kukunsimon modda, ko‘k rangli izolentaga o‘ralgan kukunsimon moddalar, elektron tarozilar, zip-paketlar aniqlangan. Tezkor tadbir natijasida 6 ming insonni zaharlashi mumkin bo‘lgan, bahosi 1 milliard 506 million so‘mlik 1 kilogramm 805 gramm sintetik giyohvandlik vositalarining tarqalishi oldi olingan. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentdagi xonadondan 6 ming insonni zaharlashi mumkin bo‘lgan 1,5 mlrd so‘mlik narkotik topildi | Vaqt.uz