add

Toshkentga kelayotgan samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashib, ortga qaytdi

12.09.2025 | 21:2035682

Samolyot bortida 6 nafar ekipaj a’zosi va 91 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Toshkentga kelayotgan samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashib, ortga qaytdi
Bugun, 12 sentyabr kuni «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasining Irkutsk - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyoti dvigateliga qushlar kelib urilgan. Bu haqda Sharqiy Sibir transport prokuraturasi ma’lum qilmoqda. Qayd etilishicha, 12 sentyabr kuni soat 07:40 da Irkutsk shahri aeroportida noodatiy aviatsiya hodisasi qayd etilgan. «Ural avialiniyalari» aviakompaniyasiga tegishli A-319 havo kemasi 2719-reys bo‘yicha Irkutskdan Toshkentga uchish jarayonida dvigateliga qushlar galasi kelib urilgan. Shu sababli, komandir xavfsizlikni ta’minlash maqsadida samolyotni qaytadan Irkutsk aeroportiga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Samolyot bortida 6 nafar ekipaj a’zosi va 91 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan, havo kemasiga zarar yetmagan. Baykal-Angarsk transport prokuraturasi tomonidan parvozlar xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilinishi yuzasidan tekshiruv boshlangpan.

Teglar

Mavzuga oid