“Toshkentni yomg‘ir emas, rejasizlik cho‘ktirmoqda” — shaharsozlar | Fikr vaqti

10-may kuni Toshkentda navbatdagi bor kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Taxminan bir soat davom etgan yomg‘ir poytaxt hayotini yana bir bor izdan chiqarish uchun yetarli bo‘ldi: ko‘chalar daryoga aylandi, tonnellar suvga to‘ldi, odamlar va mashinalar suv ichida suzishga majbur bo‘ldi.

Har safar shunday manzara takrorlanarkan, hokimlik rasmiylari vaziyatni yog‘in miqdori me’yordan ko‘p bo‘lgani bilan izohlashganini eshitamiz. Ammo dunyodagi boshqa yuzlab megapolislarda bundan bir necha barobar kuchli yomg‘irlar ham kuzatiladi-ki, lekin shahar hayoti to‘xtab qolmaydi. Demak, muammo iqlimda emas. Xo‘sh, unda nimada? Nega milliardlar sarflangan poytaxtni oddiy bir jala osongina tiz cho‘ktiraveradi va bunga yechim topilmaydi?

"Fikr vaqti"ning navbatdagi sonida shaharsozlar Temurbek Ahmedov va Husan Muqimov bilan aynan shu tizimli muammo va muvaffaqiyatsizlik sabablarini tahlil qildik.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 79

Barchasi

Mavzuga oid