add

Tramp 2030 yilgacha 10 ta yangi yadroviy reaktor qurishni buyurdi

24.05.2025 | 16:0039472

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda yadroviy energetikani rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladi. U 2030 yilgacha kamida 10 ta yangi yadroviy reaktor qurilishini amalga oshirish bo‘yicha farmon chiqardi.

Tramp 2030 yilgacha 10 ta yangi yadroviy reaktor qurishni buyurdi
Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi. Hujjatga ko‘ra, reaktorlar mavjud loyihalar asosida barpo etiladi va ular orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 5 gigavatgacha oshiriladi. Shuningdek, Tramp Energetika vazirligiga Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda Pentagon ehtiyojlari uchun yopilgan atom elektr stansiyalarini qayta ishga tushirish imkoniyatlarini o‘rganishni topshirdi. Prezident ma’muriyati atom energetikasi sohasida faol siyosat olib borishni maqsad qilgan. Xususan, yopilgan stansiyalarni qayta faollashtirish, ishlab turgan reaktorlarda ishlab chiqarishni ko‘paytirish va to‘xtatilgan qurilishlarni yakunlash uchun zarur resurslar ajratish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, Tramp Energetika vazirligiga yadroviy yoqilg‘i ta’minot zanjirini barqarorlashtirish, yangi texnologiyalarni rivojlantirish va bu borada moliyalashtirishni ta’minlash uchun grantlar, kreditlar va investitsiyalarni faol jalb etishni buyurdi. Mutaxassislar fikricha, ushbu qaror AQSHning energetika sohasida mustaqilligini mustahkamlash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp 2030 yilgacha 10 ta yangi yadroviy reaktor qurishni buyurdi | Vaqt.uz