add

Tramp 5 kundan beri ko‘rinish bermayapti: Jey Di Vens o‘zini prezidentlikka tayyor deb e’lon qildi

30.08.2025 | 15:3049803

AQSH prezidenti Donald Trampning sog‘ligi bo‘yicha shubhalar kuchaymoqda. Vitse prezident Jey Di Vens prezidentlikka da’vogarligini bildiradi.

Tramp 5 kundan beri ko‘rinish bermayapti: Jey Di Vens o‘zini prezidentlikka tayyor deb e’lon qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp 5 kundirki ommaviy axborot vositalari oldida ko‘rinmay qoldi. Bu holat uning sog‘ligi haqida shubhalar uyg‘otdi. Oq uy ma’lum qilishicha, Trampga «xronik venoz yetishmovchiligi» tashxisi qo‘yilgan. Bu xastalik qonning oyoq tomirlaridan yurakka qayta oqishida qiyinchilik tug‘diradi. Prezident matbuot kotibi Karolayn Levitt Trampning qo‘lidagi ko‘karishlar haqida ham izoh berdi — ular aspirin qabul qilishi va doimiy qo‘l siqishlar ortidan yuzaga kelgan teri sezgirligidan dalolat berishi aytildi. Biroq rasmlarda bu ko‘karishlar grim yoki krem bilan yopilgani haqida shubhalar ham paydo bo‘ldi, deb yozmoqda Sondakika Bu orada vitse prezident Jey Di Vens USA Today nashriga bergan intervyusida, ehtimoliy holatda prezidentlikni qabul qilishga tayyorligini bildirib, «Yangi falokat yuz bersa, oxirgi 200 kun ichidagi tayyorgarlik menga yetarlicha tajriba berdi», dedi. Bu bayonot Tramp sog‘lig‘i borasidagi munozaralarni yanada kuchaytirdi. Trampning so‘nggi kunlarda jamoatchilik oldida ko‘rinish bermay qolgani, qo‘l va oyoqlaridagi o‘ziga xos belgilari internetda keng muhokama etildi. Foydalanuvchilarning ayrimlari Oq uy haqiqatni yashirayotganini aytsa, boshqalar rasmiy izohlar yetarliligini ta’kidlamoqda. Mutaxassislar fikricha, Tramp yaqin kunlarda qayta omma oldida chiqish qilsa, bu shubhalarga javob bo‘lishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid