add

Tramp Binance kriptobirja asoschisini afv etdi

23.10.2025 | 20:484202

«Bayden ma’muriyatining kriptovalyutalarga qarshi urushi tugadi», - dedi Oq Uy.

Tramp Binance kriptobirja asoschisini afv etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp dunyodagi eng yirik Binance kriptobirjasi asoschisi Chanpen Chjaoni afv etish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalari xabar berdi va Oq uy tasdiqladi.

Chanpen Chjaoni 2024 yilda jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan kurashish qonunchiligini buzganlik uchun aybdor deb topilib, to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Binance 2024 yil sentyabrda qamoqdan ozod bo‘lgan Chjao uchun deyarli bir yil davomida afv so‘rab keldi.

Binance Tramp oilasining World Liberty Financial kriptovalyuta kompaniyasini qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng, Tramp Chanpen Chjaoni afv etdi. O‘tgan yil davomida World Liberty Tramplar oilasiga ularning boshqa sarmoyalaridan ancha ko‘proq daromad keltirgandi.

CZ nomi bilan mashhur bo‘lgan Chao Kanada fuqaroligiga ega xitoylik tadbirkor bo‘lib, Binance kompaniyasining hammuassisidir. U 2023 yil noyabr oyida AQSHda pul yuvishda aybini tan olganidan so‘ng bosh direktor lavozimidan iste’foga chiqdi. 2024 yil aprelda u to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi va 2024 yil sentyabrgacha jazo muddatini o‘tab bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, prezident o‘z maslahatchilariga Chaoning siyosiy ta’qib qilinishi haqidagi dalillarga xayrixohlik bildirganini aytgan.

Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt afvni tasdiqlagan holda, Tramp«"o‘zining konstitutsiyaviy vakolatlaridan foydalanib, Bayden ma’muriyatining kriptovalyutalarga qarshi urushi doirasida ta’qibga uchragan janob Chaoni afv etganini» ma’lum qildi.

Karolin Levit yana qo‘shimcha qildi: «Bayden ma’muriyatining kriptovalyutalarga qarshi urushi tugadi».

Teglar

Mavzuga oid