add

Tramp BMTni «savaladi»

23.09.2025 | 21:0024783

AQSH Prezidenti BMTni muammoni hal qilish o‘rniga, yangilarini yaratishda aybladi. Uning ta’kidlashicha, BMT nafaqat muammolarni hal qila olmaydi, balki yangilarini yaratadi.

Tramp BMTni «savaladi»
Bugun, 23 sentyabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida lavozimiga kirishganidan buyon yettita urushni to‘xtatganini, bu mojarolarni hal qilish esa BMTning vazifasi ekanligini ta’kidladi. Uning aytishicha, tashkilot «ulkan salohiyatga» ega, biroq undan foydalanmayapti. «BMTdan menga hech kim qo‘ng‘iroq qilib, yordam taklif qilmadi. BMTdan olganim faqat ishlamayotgan eskalator va ishlamayotgan telesuflyor, xolos. BMTning maqsadi nima o‘zi? Tashkilotning ulkan salohiyati bor, men buni doim ta’kidlayman, lekin u bu salohiyatni hech bo‘lmaganda hozircha hatto yaqinlashib ham ro‘yobga chiqarmayapti», - dedi Donald Tramp BMT Bosh assambleyasidagi nutqi paytida. AQSH prezidenti o‘z ishtiroki tufayli hal etilgan jahon mojarolari haqida so‘zlar ekan, quyidagi mamlakatlarni sanab o‘tdi: Kambodja va Tailand, Kosovo va Serbiya, Kongo va Ruanda, Pokiston va Hindiston, Isroil va Eron, Misr va Efiopiya, Armaniston va Ozarbayjon. «Afsuski, barcha holatlarda BMT hatto yordam berishga urinib ham ko‘rmadi», - deya ta’kidladi Amerika rahbari. Uning ta’kidlashicha, BMT nafaqat muammolarni hal qila olmaydi, balki yangilarini yaratadi. Ulardan eng jiddiysi noqonuniy migratsiyadir. «BMT dunyoning narigi tomonidan tinch mamlakatlarga noqonuniy muhojirlarning bostirib kirishini moliyalashtirmoqda», - deya qo‘shimcha qildi u.

Teglar

Mavzuga oid