add

Tramp bojlari fonida Narendra Modi so‘nggi 7 yilda ilk marta Xitoyga safar qiladi

07.08.2025 | 09:004104

Tramp hukumati Hindistonga qarshi 25 foizlik qo‘shimcha import bojlarini joriy etar ekan, Modi Xitoydagi SHHT sammitida ishtirok etadi.

Tramp bojlari fonida Narendra Modi so‘nggi 7 yilda ilk marta Xitoyga safar qiladi
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 2018 yildan beri ilk marta Xitoyga tashrif buyuradi. Reuters agentligining ma’lum qilishicha, u avgust oyi oxirida Tianjin shahrida o‘tadigan Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammitida ishtirok etadi. Ushbu safar AQSH bilan munosabatlar taranglashgan bir paytda amalga oshadi. Xususan, Donald Tramp ma’muriyati Hindistonni Rossiya neftini sotib olgani uchun jazolash maqsadida import bojlarini 25 foizga oshirdi. Modi va Xitoy rahbari Si Jinping so‘nggi bor 2023 yil oktyabrida BRIKS sammiti payti Rossiyada uchrashgan edi. Ushbu muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni yumshatishga yordam bergan. Shu bilan birga, 2020 yilda Himolay hududida yuz bergan harbiy to‘qnashuvlar ikki tomonlama aloqalarni ancha sovutgan edi. Reuters ta’kidlashicha, Vashington va Nyu Dehli o‘rtasidagi hozirgi ziddiyat so‘nggi yillardagi eng jiddiysi hisoblanadi. Donald Tramp Hindistonni dunyodagi eng yuqori bojlariga ega davlat deb atab, uni ortiqcha savdo proteksionizmida aybladi. Shuningdek, u mamlakatni Rossiya neft eksportini moliyalashtirishda ayblab, bunday hamkorlik «Ukrainada qotilliklar to‘xtamasligi»ga sabab bo‘layotganini bildirdi. 6 avgust kuni Tramp Hindiston importiga qo‘shimcha 25 foizlik boj joriy etish haqida farmon imzoladi. Mavjud 25 foizlik tarifga qo‘shilgan bu yangi boj natijasida umumiy stavka 50 foizga yetadi. Farmonga ko‘ra, bu rejim 21 kundan so‘ng kuchga kiradi. Agar shu muddatda Rossiya Ukrainadagi urushni to‘xtatsa, boj qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Oq uydan bildirilishicha, bunday jazo choralari faqat Hindistonga emas, Rossiya neftini sotib olishda davom etayotgan boshqa davlatlarga ham qo‘llanilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid