add

Tramp Braziliya mahsulotlariga 50 foizlik boj to‘lovini joriy qildi

10.07.2025 | 09:302054

1 avgustdan e’tiboran AQSH Braziliyadan import qilinadigan barcha mahsulotlarga 50 foizlik boj belgiladi. Prezident Tramp BRICS ittifoqchilariga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirmoqda.

Tramp Braziliya mahsulotlariga 50 foizlik boj to‘lovini joriy qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp 1 avgustdan boshlab Braziliyadan keladigan barcha import mahsulotlarga 50 foizlik yagona boj to‘lovi joriy etilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ushbu to‘lov mavjud sohaviy bojlarga qo‘shimcha tarzda amal qiladi. Bu haqdagi bayonot Trampning Truth Social’dagi sahifasida e’lon qilindi. Reuters agentligiga ko‘ra, Tramp ma’muriyati BRICSʼga a’zo mamlakatlar AQSH manfaatlariga zid siyosat yuritsa, ularga nisbatan yanada qattiqroq savdo cheklovlari qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda. Prezident Tramp ayni paytda BRICS tashabbuslariga qo‘shilayotgan davlatlarga nisbatan 10 foizlik qo‘shimcha tariflar joriy etish ehtimoli haqida ham ogohlantirgan. Bu bayonotlar Braziliyada o‘tayotgan BRICS sammiti davomida tarqaldi. Anjuman yakunlarida qatnashchilar Isroilning G‘azodagi harakatlari va Eronga qarshi aviahujumlarni keskin tanqid qilgan edi. 7 iyul kuni Tramp Janubiy Afrika Respublikasi mahsulotlariga nisbatan 30 foizlik import boji joriy qilishini ham e’lon qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, AQSH-JAR savdo munosabatlarida yuzaga kelgan nomutanosiblikni bartaraf etish zarur. Tramp avvalroq BRICSdavlatlari dollarga muqobil yagona valyuta yaratishga urinsa, ushbu mamlakatlar importiga 100 foizlik boj to‘lovlari joriy etilishi mumkinligini aytgan. Uning ta’kidlashicha, «Amerika dollarini xalqaro savdodan siqib chiqarishga urinish befoyda va iqtisodiy oqibatlarga olib keladi». Ayni paytda BRICSguruhiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikadan tashqari, Misr, Eron, Indoneziya, Efiopiya va BAA ham kiradi. Ushbu mamlakatlar jahon aholisining yarmidan ko‘pini tashkil qilib, dunyo YAIMning taxminan 40 foizini shakllantiradi. Braziliya esa Janubiy Amerikadagi yirik iqtisodiy markaz sifatida BRICSʼda muhim rol o‘ynaydi.

Teglar

Mavzuga oid