add

Tramp: Eron bilan muzokaralarda sezilarli ilgarilash bor

26.05.2025 | 18:209313

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli kechayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tez orada ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Tramp: Eron bilan muzokaralarda sezilarli ilgarilash bor
Trampning aytishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotda muhim yutuqlarga erishilgan. «Ko‘ramiz nima bo‘ladi, lekin menimcha, Erondan yaxshi yangiliklar eshitamiz», dedi u. Tramp, shuningdek, muzokaralar yaqin vaqt ichida yangi bosqichga ko‘tarilishini va bu orqali qurolli to‘qnashuvlarning oldi olinishini istashini ta’kidladi. Prezident Eron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar yaqin orada yo‘lga qo‘yilishi mumkinligini aytdi. «Ertaga nima bo‘lishini bilmayman, lekin muzokaralar juda yaxshi ketmoqda. Men portlashlar bo‘lmasligi va insonlar halok bo‘lmasligi uchun bunday bo‘lishini juda istayman», dedi u. Tramp G‘azodagi vaziyat haqida gapirar ekan, AQSH va Isroil HAMAS bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada ekanini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Vashington mojaroni imkon qadar tezroq bartaraf etishga intilayapti. Tehron va Vashington o‘rtasidagi asosiy kelishmovchilik — uranni boyitish masalasida saqlanib qolmoqda. Eron yadroviy dasturini cheklash evaziga xalqaro sanksiyalarni yumshatishni talab qilmoqda. AQSH esa avval past darajali boyitishga rozi bo‘lgan bo‘lsa-da, so‘nggi paytda uranni boyitishning barcha bosqichlarini to‘xtatishni talab qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 23 may kuni Italiyaning Rim shahrida Eron va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarning beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Ummon vositachiligida, Rimdagi elchixonada tashkil etildi.

Teglar

Mavzuga oid