add

Tramp G‘azo bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini e’lon qildi

30.09.2025 | 08:4412033

Donald Tramp ma’muriyati G‘azo urushini to‘xtatishga qaratilgan 20 bandlik tinchlik dasturini taqdim etdi. Reja jonli efirda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan muhokama qilindi.

Tramp G‘azo bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini e’lon qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati G‘azo urushini tugatish va tinchlik o‘rnatish uchun mo‘ljallangan 20 bandlik dasturni e’lon qildi. Hujjat administratsiyaning RapidResponse47 nomli rasmiy tezkor kanal orqali joylandi. Asosiy shartlardan biri — jangovar harakatlarni darhol to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarining sektordan chiqishi hisoblanadi. Hujjatga ko‘ra, Isroil G‘azoni bosib olmasligi va anneksiya qilmasligi kafolatlanadi. Shartnoma tan olinganidan keyin 72 soat ichida barcha garovdagilar ozod etilishi kerak. Buning ortidan Isroil 250 nafar umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan shaxs va 1700 nafar g‘azolikni qamoqxonalardan ozod qiladi. HAMAS a’zolari qurol tashlab, kelishuvga qo‘shilsa, amnistiya olishi va sektorni tark etishi mumkin bo‘ladi. G‘azoni boshqarish uchun «Falastin qo‘mitasi» deb nomlangan vaqtinchalik hukumat tuziladi. U xalqaro «Tinchlik kengashi» nazorati ostida ishlaydi va uning rahbari Tramp bo‘ladi. Dasturda G‘azodagi harbiy infratuzilmalar yo‘q qilinishini, shuning evaziga keng ko‘lamli tiklanish va «Dubay namunasidagi» iqtisodiy reja amalga oshirilishini nazarda tutadi. «Kelinglar, buni Yaqin Sharqda abadiy tinchlik deb ataylik», — dedi Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvda. Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Tramp huzurida Qatar amiridan kechirim so‘ragani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid