add

Tramp halokatdan omon qoldi: prezident samolyoti deyarli to‘qnashardi

18.09.2025 | 13:3222322

Donald Trampning prezident samolyoti Spirit Airlines yo‘lovchi samolyoti bilan havoda to‘qnashish xavfiga duch keldi — faqat dispetcherning so‘nggi daqiqadagi aralashuvi halokatni oldini oldi.

Tramp halokatdan omon qoldi: prezident samolyoti deyarli to‘qnashardi
16 sentyabr, seshanba kuni AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Londonga yo‘l olayotgan paytda uni olib ketayotgan Air Force One prezident samolyoti bilan Spirit Airlines aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti Long Aylend osmonida bir xil balandlikda uchib ketayotgani ma’lum bo‘ldi. AQSH OAV yozishicha, havo harakati dispetcheri vaziyatni deyarli so‘nggi lahzalarda payqab qolib, Spirit pilotlariga shoshilinch ravishda yo‘nalishni o‘zgartirish buyrug‘ini bergan. Aynan shu harakat natijasida ikki samolyotni bir necha mil masofada xavfsiz holda ajratishga muvaffaq bo‘lingan. Har qanday kechikish halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Tramp rasmiy javob bermagan, ammo Oq uy manbalari prezidentning ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qilgan.

Teglar

Mavzuga oid