add

Tramp: «HAMAS qurollarni tashlamasa, buni AQSH amalga oshiradi»

15.10.2025 | 09:4128813

AQSH prezidenti Donald Tramp HAMAS harakatiga keskin ogohlantirish berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, falastinlik guruh qurolsizlanishga va’da bergan, aks holda buni AQSH qiladi.

Tramp: «HAMAS qurollarni tashlamasa, buni AQSH amalga oshiradi»
AQSH prezidenti Donald Tramp falastinlarning HAMAS harakatiga ochiq ogohlantirish berdi. Uning ta’kidlashicha, harakat Vashingtonga qurolsizlanishga va’da bergan, biroq agar bu amalga oshmasa, bu ishni Amerika qiladi. «Ular menga qurollarni tashlashlarini aytdi. Agar bu bo‘lmasa — biz ularni razorujiya qilamiz», — dedi Tramp Argentina prezidenti Xaviyer Miley bilan Oq uydagi uchrashuvda. Prezident bu jarayon qanday amalga oshirilishini ochiqlamadi, ammo «HAMAS mening hazillashmayotganimni yaxshi biladi», deb ta’kidladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush tugatilib, kelishuvning ilk bosqichi imzolangan. Endi Vashington diqqatini Ukrainadagi mojaroga qaratishi lozim. «Biz Rossiya bilan bo‘lgan masalani hal qilishimiz kerak. Agar qarshi bo‘lmasangizlar, endilikda Rossiyaga e’tibor qarataylik», — dedi u. AQSH rahbarining bu bayonoti G‘azo bo‘yicha tinchlik muzokaralariga yangi bosim omilini kiritdi. Xalqaro kuzatuvchilarning fikricha, Trampning «harbiy bosim orqali tinchlik» strategiyasi mintaqadagi barqarorlikni ta’minlashi yoki teskari natija keltirib chiqarishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp: «HAMAS qurollarni tashlamasa, buni AQSH amalga oshiradi» | Vaqt.uz