add

Tramp Kanada mahsulotlariga tarifni 35 foizgacha oshirmoqchi

11.07.2025 | 13:2040293

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadadan kelayotgan tovarlarga joriy etiladigan tarifni 35 foizgacha oshirishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu qaror fentanil moddasining noqonuniy aylanishi va adolatsiz savdo amaliyotilarga qarshi kurash maqsadida qabul qilingan.

Tramp Kanada mahsulotlariga tarifni 35 foizgacha oshirmoqchi
2025 yil 10 iyul kuni yo‘llangan rasmiy maktubda Tramp Kanada bosh vaziri Mark Karniga murojaat qilgan. U mart oyida joriy etilgan 25 foizlik tarifni yanada kuchaytirishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan. Yangi tariflar 1 avgustdan amalga kirishi kutilmoqda. Tramp maktubida «Fentanil oqimi – Kanada bilan mavjud muammolarning faqat biri, bundan tashqari yana ko‘plab tarif va notarif to‘siqlar bor», deb yozgan. AQSH, Meksika va Kanada o‘rtasidagi 2020 yildagi kelishuv (USMCA) hozircha tovarlarni bojdan himoya qilmoqda, ammo bu bitim 2026 yilda qayta ko‘rib chiqiladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu cheklov USMCA doirasida ham o‘zgarishi mumkin. Kanada AQSHning Meksikadan keyingi ikkinchi yirik savdo hamkori hisoblanadi. Avvalgi sanksiyalarga javoban Kanada ham qarshi choralar ko‘rgan va Trampning «Kanada AQSHning 51-shtati bo‘lishi mumkin» degan bayonotlariga keskin munosabat bildirgan. Mark Karni bu yil aprelda bosh vazir etib saylangan va tashqi siyosatida Yevropaga yaqinlashishni afzal ko‘rmoqda. U Britaniya va Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni mustahkamlashga harakat qilmoqda. May oyida Tramp bilan uchrashuv chog‘ida Karni tariflarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha sabr qilishga tayyorligini bildirgan edi. Tramp bu kabi tarif maktublarini 23 davlatga yo‘llagan, jumladan, Braziliyaga ham 50 foizlik sanksiya bilan tahdid qilgan.

Teglar

Mavzuga oid