add

Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga rozi

27.10.2025 | 20:047051

«Bizda yaxshi munosabatlar bo‘lgan, u menga yoqardi, men unga», - dedi AQSH prezidenti.

Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga rozi

AQSH prezidenti Donald Tramp Osiyo mamlakatlariga amalga oshirayotgan safari chog‘ida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda «Interfaks» agentligi ma’lum qildi.

«Men bu haqda oldin aytmaganman, lekin agar u xohlasa, men ham u bilan uchrashishni xohlardim. Bizda yaxshi munosabatlar bo‘lgan, u menga yoqardi, men unga. Agar u xohlasa, men yaqin vaqtda Janubiy Koreyada bo‘laman», - degan u bugun, 27 oktyabr kuni samolyot bortida jurnalistlarga.

Uning ta’kidlashicha, hozircha Kim Chen In bilan rasmiy uchrashuv rejalashtirilmagan, biroq zarurat bo‘lsa bunday uchrashuvni o‘tkazishga qarshi emasligini bildirdi. U Kim Chen In bilan uchrashish uchun Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safarini uzaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Ilgari AQSH rasmiy shaxslari Trampning Osiyoga tashrifi davomida Kim Chen In bilan uchrashish rejalashtirilmaganini aytgan edi. Safar doirasida Tramp Malayziya, Yaponiya va Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi hamda 31 oktyabr – 1 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik (ATES) sammitida ishtirok etadi.

Pxenyan bir necha bor, agar Vashington Shimoliy Koreyani yadrosizlantirish talabidan voz kechsa, AQSH bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanligini bildirgan.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga rozi | Vaqt.uz