add

Tramp ma’muriyati Eronga hujumni maxfiy saqlab va urushdan qochishni istagan — CNN

23.06.2025 | 08:1547694

Donald Tramp Eron yadroviy ob’ektlariga zarba berish qarorini bir necha hafta davomida yashirincha tayyorlagan. CNN tahliliga ko‘ra, uning asosiy maqsadi zarbalar hal qiluvchi bo‘lishi va AQSHni uzoq davom etadigan urushga tortib ketmasligi edi.

Tramp ma’muriyati Eronga hujumni maxfiy saqlab va urushdan qochishni istagan — CNN
CNN telekanalining ma’lum qilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Eron yadroviy infratuzilmasiga zarbalarni amalga oshirish qarorini bir necha hafta davomida puxta va maxfiy ravishda tayyorlagan. Uning ma’muriyati bu rejani keng jamoatchilikdan yashirishga katta e’tibor qaratgan. Masalan, Trampning «qaror qabul qilish uchun ikki hafta kerak», degan bayonoti aslida chalg‘itish taktikasidan boshqa narsa bo‘lmagan. AQSH rasmiylarining ta’kidlashicha, u so‘nggi qarorni shanba kuni qabul qilgan bo‘lsa-da, zarbalar bo‘yicha jiddiy muhokamalar iyun boshidayoq boshlangan. Bu muhokamalarga CIA (MRB) rahbari Jon Retkliffning ma’lumotlari turtki bo‘lgan. Uning aytishicha, Isroil har qanday vaqtda Eronga hujum boshlashi mumkin, degan baho AQSHni o‘z ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rishga majbur qilgan. CNN xabariga ko‘ra, Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari bir necha oy avvaldan turli zarba ssenariylarini ishlab chiqishgan va u shundan birini tanlagan. U bir hafta davomida har kuni milliy xavfsizlik bo‘yicha brifinglar o‘tkazgan. Trampning ikki asosiy xavotiri bor edi: birinchisi — zarbalar Fo‘rdu kabi mustahkam yerosti inshootlarini haqiqatan ham yo‘q qilishi kerak; ikkinchisi — AQSHni yana bir uzoq va halokatli urushga tortib ketmasligi lozim. Bu borada amerikalik harbiylar ishonch bilan so‘zlagan. Qo‘shma shtablar raisi general Den Keynning ta’kidlashicha, dastlabki baholarga ko‘ra, Fo‘rdu, Natanz va Isfahondagi ob’ektlarga berilgan zarbalar «juda jiddiy shikast yetkazgan va halokatli oqibatlarga olib kelgan». Tahlilchilarga ko‘ra, Tramp bu qaror orqali siyosiy kuchini namoyish etish, Eron yadroviy dasturini hal qiluvchi zarba bilan to‘xtatish va shu bilan birga xalqaro jamoatchilikka kuchli signal yuborishni maqsad qilgan.

Teglar

Mavzuga oid