add

Tramp o‘limi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

01.09.2025 | 22:0021892

29 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Trampning ahvoli og‘irligi va vafot etgani haqidagi mish-mishlar tarqalgandi.

Tramp o‘limi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
AQSH prezidenti OAVda uning vafoti haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi. AQSH prezidenti Donald Tramp hech qachon o‘zini bunday yaxshi his qilmaganini aytdi. U ijtimoiy tarmoqlarda o‘z vafoti haqida tarqalgan mish-mishlarga shunday izoh berdi. «Umrimda hech qachon o‘zimni bundan yaxshiroq his qilmaganman», - deya yozib qoldirdi Tramp Truth Social’dagi sahifasida. 29 avgust kuni internetda prezidentning ikki kun davomida jamoatchilik oldiga chiqmagani haqidagi xabarlar tarqala boshladi. Neewsweek jurnali ma’lum qilishicha, #whereistrump xeshtegi X'da mashhurlik bo‘yicha oltinchi o‘rinni egallagan, Grok sun’iy intellektga asoslangan chat-bot esa foydalanuvchilarning Amerika rahbarining taxminiy vafoti haqidagi postlar bilan tanishish holatlari 1,3 milliondan oshganini qayd etgan.

Teglar

Mavzuga oid