add

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish uchun senatorlarga bosim o‘tkazmoqda

07.06.2025 | 13:0028664

Donald Tramp ma’muriyati respublikachi senator Lindsi Grehem orqali Kongressda muhokama etilayotgan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar loyihasini yumshatishga urinib, faol ish olib bormoqda.

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish uchun senatorlarga bosim o‘tkazmoqda
Tramp ma’muriyati Ukrainadagi urushi davom etayotgan Rossiyaga qarshi qattiq sanksiyalar o‘rniga, Moskva bilan diplomatik aloqalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat bermoqda. Shu sababli, ular Senatdagi asosiy tashabbuskorlardan biri — senator Lindsi Grehem ofisiga murojaat qilib, loyihadagi ayrim formulirovkalarni o‘zgartirishni so‘ragan, deb yozmoqda The Wall Street Journal. Xususan, sanksiyalar qo‘llanilishi shartligini ko‘rsatadigan «majburiy» ifoda — «shart» so‘zini «mumkin» degani bilan almashtirish taklif qilingan. Bu prezidentga sanksiyalarni o‘z xohishiga ko‘ra joriy etish imkonini beradi. Kongressdagi manbalarning ta’kidlashicha, bunday o‘zgartishlar qonunning ta’sir kuchini ancha kamaytiradi. Loyiha mualliflaridan biri, demokrat senator Richard Blyumental ushbu muzokaralarning mavjudligini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy bu jarayonda faol ishtirok etmoqda, ammo muhokama tafsilotlarini oshkor etmadi. Tramp ma’muriyati vakillaridan biri esa, prezident tashqi siyosatda faoliyat yuritish huquqiga ega ekanini ta’kidlab, sanksiyalar mexanizmi yetarlicha egrilik bilan ta’minlanishi kerakligini bildirdi. Loyihani 80 nafardan ortiq senator qo‘llab-quvvatlagan. U Rossiya nefti, gazi, urani va boshqa resurslarini xarid qilayotgan uchinchi davlatlarga qarshi qattiq cheklovlarni nazarda tutadi. Xususan, bu mamlakatlardan olib kiriladigan tovarlarga 500 foizlik tarif joriy etilishi mumkin. Grehem avvalroq Yevropa ittifoqi davlatlarini sanksion bosimdan himoya qilish maqsadida, Ukrainaga yordam beruvchi davlatlarga istisno berilishini qo‘llab-quvvatlashini aytgandi. Biroq u hozircha Tramp ma’muriyati talab qilayotgan barcha o‘zgartirishlarga rozi bo‘lmagan. Bu orada, Grehemning Kiyevga so‘nggi tashrifi chog‘ida u Senatda ushbu hujjat bo‘yicha muhokamalar shu hafta boshlanishini ma’lum qilgan va Trampga «Putinga bosim o‘tkazish uchun qo‘shimcha vositalar» berilishini ma’qullagan.

Teglar

Mavzuga oid