add

Tramp Shveysariyaga: Bayramingiz muborak! Endi 39 foizlik boj to‘lang

01.08.2025 | 19:4517593

AQSH prezidenti Donald Tramp Shveysariyaning milliy bayrami arafasida mamlakatdan import qilinadigan tovarlarga 39 foizlik boj joriy etdi. Bu ko‘rsatkich Yevropadagi barcha davlatlar ichida eng yuqori tarif bo‘ldi.

Tramp Shveysariyaga: Bayramingiz muborak! Endi 39 foizlik boj to‘lang
1 avgust — Shveysariya Konfederatsiyasi tashkil topgan kun. Ammo bu yil bayram kayfiyatiga yangi boj siyosati soya soldi. Chunki Yevropaning boshqa yirik iqtisodlari bu darajadagi cheklovga duch kelmadi: YeI davlatlari Tramp bilan oxirgi daqiqada 15 foizlik asosiy tarif bo‘yicha kelishuvga erishdi, Buyuk Britaniya esa 10 foiz to‘laydi. Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda. AQSH davlat kotibi Marko Rubio bayram munosabati bilan shveysariyaliklarni qutlab, ikki davlat o‘rtasidagi «mustahkam va barqaror hamkorlik»ni ta’kidladi. U savdo, moliya va xavfsizlik sohalarida Shveysariyaning dunyo miqyosidagi roliga alohida e’tibor qaratdi. Shveysariya hukumati esa bu qarorni «katta afsus bilan» qabul qildi. Federal kengash bayonotida aytilishicha, mamlakat AQSH bilan xalqaro huquqqa muvofiq kelishuvga erishish uchun muzokaralarni davom ettiradi. Yangi boj 7 avgustdan kuchga kiradi. Bu esa ikki tomonga bir hafta ichida yumshatilgan shartlar bo‘yicha kelishish imkonini qoldiradi. Ilgariroq, aprel oyida Tramp «Ozodlik kuni»da Shveysariya importi uchun 31 foizlik bojni e’lon qilgan edi, yangi qaror esa uni yanada oshirdi.

Teglar

Mavzuga oid