Tramp siyosati Isroilga xizmat qilmoqda

Bugun 19:152 daqiqa

Eron elchisi Tramp siyosati Isroil manfaatlariga xizmat qilayotganini tanqid qildi va keskin bayonot berdi.

Tramp siyosati Isroilga xizmat qilmoqda

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Sog‘liqni saqlash vaziri giyohvand, Mudofaa vaziri alkogolga berilib ketgan, mamlakat xalqaro tashkilotlarga ishonmaydigan odamlar boshqaruvida. Bu haqda Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy bugun, 30-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Albatta, Tramp ham barcha korrupsion ishlarning kompleks bir holatini o‘zida jam etgan. Uning ham o‘zi korrupsiyaga aralashgan va uning atrofida to‘plangan jamoa ham to‘laligicha hammasi u yoki bu darajada korrupsiyaga aralashgan shaxslar hisoblanadi. Tramp ancha vaqt ilgaridan boshlab, ya’ni 1980-yil va ikkinchi to‘lqini bu 1988-yildan boshlab mana shu mintaqada, o‘zining hukmronligini o‘rnatish hamda mintaqadan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun harakat qilib kelayotgan edi. Tramp dastlab «Amerikani birinchi o‘ringa qo‘yaman» degan va’da bilan xalq ovozini olib, hokimiyatga keldi. Biroq Netanyahuning gij-gijlashlari va Amerikadagi kuchli Isroil lobbisining ta’siri natijasida bu shior mohiyatan «Avval Isroil» tamoyiliga o‘zgarib ketdi», — dedi elchi.

Iskandariyning fikricha, Trampning hokimiyatga chiqishiga hamrohlik qilgan uchta guruhdan faqat bittasi — mansabparastlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchi guruh saqlanib qolgan. Ular qatorida Marko Rubio va Pit Hegset kabi shaxslar tilga olindi.

«Birinchisi — «Amerikani qaytadan buyuk qilamiz» shiori ostidagi MAGA harakati ishtirokchilari bo‘lsa, ikkinchisi — izolyatsionistlar guruhi edi. Bugunga kelib, ushbu ikki guruh o‘z mavqeini yo‘qotdi. Maydonda faqat uchinchi — Trampning mansabparastlik intilishlarini dastaklovchi guruh qoldi. Marko Rubio va Pit Hegset kabi shaxslardan iborat ushbu jamoa demagogiya mahoratini ishga solib, hokimiyatda qolishdi. Ularning asosiy maqsadi — mintaqada Netanyahuning hukmronligini qo‘llab-quvvatlashdir. Tramp atrofidagi bu guruh o‘z xalqini aldash va demagogiya vositasida ushbu siyosatni amalga oshirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘maklashmoqda. Albatta, bu mutlaqo yangi hodisa emas», — dedi Eronning O‘zbekistondagi elchisi.

Uning ta’kidlashicha, garchi AQSH va Isroilning o‘tmishdagi ma’muriyatlari ham shunday maqsadlarni ko‘zlagan bo‘lsa-da, hozir ilk marotaba barcha korrupsiyalashgan shaxslarning yagona bir jamoaga birlashgani kuzatilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid