add

Tramp steyblkoynlarni tartibga soluvchi ilk tarixiy qonunni imzoladi

21.07.2025 | 22:3038992

AQSHda kriptovalyutalarga oid ilk tarixiy qadam tashlandi. Prezident Donald Tramp GENIUS Act — dollarga bog‘langan steyblkoynlarni tartibga soluvchi birinchi qonunni imzoladi.

Tramp steyblkoynlarni tartibga soluvchi ilk tarixiy qonunni imzoladi
GENIUS Act («Guiding and Establishing National Innovation for U.S. Stablecoins») AQSHda kriptovalyuta bozorida huquqiy aniqlikni ta’minlashni maqsad qiladi. Qonun kriptoaktivlarni chiqarishdagi talablarni, banklar va fintex-kompaniyalar uchun huquqiy asoslarni belgilaydi. Tramp ushbu qonunni «internetdan so‘nggi eng yirik moliyaviy inqilob» deb atadi. «GENIUS — chunki men geniyman. Shuning uchun shu nomni qo‘ydik», — dedi u o‘z chiqishida. Qonunga ko‘ra, steyblkoynlar 1:1 nisbatda real dollarl va naqd pul ekvivalentlari bilan teng ta’minlangan bo‘lishi shart. Bu talablar kriptovalyutaga ishonchni oshirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan birga, Tramp AQSHda raqamli dollar yaratilishiga qarshi ekanini yana bir bor ta’kidladi va bunga hech qanaqasiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid