add

Tramp tuxum narxi uchun kurashmoqda. Tramp ma’muriyati Kaliforniyani sudga berdi

10.07.2025 | 20:0031933

AQSHda tuxum narxi keskin oshgani fonida Donald Tramp ma’muriyati Kaliforniyaga qarshi sudga murojaat qildi. Sabab – fermerlarga qo‘yilgan qattiq qoidalar, deya ta’kidlanmoqda.

Tramp tuxum narxi uchun kurashmoqda. Tramp ma’muriyati Kaliforniyani sudga berdi
2025 yil 9 iyul kuni AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Kaliforniya shtatiga qarshi Los-Anjelesdagi federal sudda rasmiy da’vo arizasini kiritdi. Da’voda Kaliforniyada tuxum ishlab chiqarishga qo‘yilgan cheklovlar tufayli mamlakat bo‘ylab narxlar oshgani qayd etilgan. Kaliforniyada qabul qilingan qonunlarga ko‘ra, tovuqlar yopiq joylarda emas, balki erkin harakat qilishi mumkin bo‘lgan sharoitda saqlanishi kerak. Bu esa fermerlar uchun xarajatlarni oshirib, tuxum narxini yuqorilashga olib kelgan. Tramp ma’muriyati buni «ortiqcha byurokratiya» va «liberal siyosatlar» oqibati deb atadi. AQSH Bosh prokurori Pem Bondining ta’kidlashicha, Kaliforniya siyosatchilari butun mamlakatga ta’sir qiladigan tushunarsiz va noodatiy talablarni joriy qilmoqda. Tuxum narxining oshishi esa inflyatsiya fonida aholi xarid qobiliyatini yanada pasaytirmoqda. Federal hujjatlarda 1970 yilda qabul qilingan «Egg Products Inspection Act» asosida tuxum xavfsizligida milliy birlik talab etilishi aytilgan. Tramp ma’muriyati aynan shu qonunga tayanayotganini bildirmoqda. Avval ham Kaliforniyaga qarshi shunday shikayatlar bo‘lgan — 2014 yilda olti shtat sudga murojaat qilgan, lekin yutib chiqolmagan. 2023 yilda esa cho‘chqa fermalariga oid o‘xshash cheklovlar Oliy sudda ma’qullangan. Kaliforniya hukumatining asosiy nuqtai nazariga ko‘ra, bu qonunlar oziq-ovqat xavfsizligi va hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatni kamaytirish maqsadida qabul qilingan.

Teglar

Mavzuga oid