Trampning dengiz blokadasi va Putinning Vengriyadagi “qora tushi” | Fikr vaqti

Bugun 20:531 daqiqa

Yaqin Sharq urushida bir muddat tin olishdan keyin vaziyat yana keskinlashmoqda: barbod bo‘lgan muzokaralar fonida Donald Tramp Eronga qarshi dengiz blokadasini e’lon qildi. Shu bilan birga, Vengriyada Viktor Orban davrining yakunlanishi Yevropadagi siyosiy muvozanatni o‘zgartirishi mumkin.

Islomobodda o‘tgan muzokaralarda AQSH va Eron kelishuvga erisha olmadi. Aslida bu vaziyat hayron qolarli ham emas — urushning o‘zi uch tomonning yillar davomida kelisha olmaganining oqibati bo‘lsa, 21 soat nimani ham o‘zgartira olardi?

Ayni paytda vaziyat yanada keskinlashmoqda — har uch tomondan harbiy ritorika kuchayib boryapti. Masalan, Donald Tramp Eronga dengiz blokadasi e’lon qildi. Eron esa buni navbatdagi “foydasiz chiranish” sifatida baholamoqda.

Bir vaqtning o‘zida, geosiyosiy jarayonlar faqat Yaqin Sharq bilan cheklanib qolmayapti. Vengriyadagi saylovlar natijasi — Viktor Orban davri yakunlanishi — Yevropa va hatto global siyosiy muvozanatga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yangi bosqichni boshlab berdi.

Fikr vaqtining navbatdagi soni ayni shu ikki mavzu — Yaqin Sharqdagi murakkab muzokaralar va Yevropadagi siyosiy o‘zgarishlar tahliliga bag‘ishlandi. Dastur mehmonlari — siyosatshunoslar Bektosh Berdiyev va Jahongir Akramov.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 65

Barchasi

Mavzuga oid