add

Trampning Rossiyani «Qog‘ozdan yasalgan yirtqich» deb atashi AQSH razvedkasiga asoslangan

26.09.2025 | 08:4027213

New York Post nashrining yozishicha, Trampning Rossiyani «qog‘ozdan yasalgan yirtqich» deb atashi AQSH razvedkasining yangilangan ma’lumotlariga tayanadi.

Trampning Rossiyani «Qog‘ozdan yasalgan yirtqich» deb atashi AQSH razvedkasiga asoslangan
New York Post’ning xabar berishicha, prezident Donald Trampning Rossiyani «qog‘ozdan yasalgan yirtqich» deb atashi yangi razvedka ma’lumotlari bilan asoslanmoqda. Unga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qarshi urush natijasida iqtisodiy tanazzul va maydonda mag‘lubiyat sari tez harakat qilmoqda. AQSH rahbarining fikricha, Ukraina barcha vaqtincha okkupatsiya qilingan hududlarni qaytarib olish imkoniyatiga ega. Trampning bu bayonoti, manbalar ta’kidlashicha, Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tqazish uchun mo‘ljallangan so‘nggi «strategik qadam» hisoblanadi. Prezident ma’muriyatiga yaqin manbaning nashrga bildirishicha, bu bayonot Vashington siyosatining sezilarli o‘zgarishi emas, balki Kremlga bosim o‘tkazishga qaratilgan ochiq-oydin muzokara taktikasidir. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa 23 sentyabr kuni Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng, avvalroq Tramp Vladimir Putinning «ertaklariga ishongani»ni eslatdi. Ammo vaqt o‘tishi bilan AQSH yetakchisi vaziyatni to‘liq anglab yetgani va Putin tarqatgan ma’lumotlar maydondagi haqiqiy holatdan uzoq ekanini tushunganini qayd etdi. «Hozir u menga ancha ko‘proq ishonadi», — dedi Zelenskiy. Unga ko‘ra, Tramp Rossiya haqidagi ilgarigi tasavvurini o‘zgartirib, Kiyevning pozitsiyasini to‘liqroq qabul qila boshladi.

Teglar

Mavzuga oid

Trampning Rossiyani «Qog‘ozdan yasalgan yirtqich» deb atashi AQSH razvedkasiga asoslangan | Vaqt.uz