add

Trampning sabr kosasi to‘ldi: u Rossiya banklari va neftiga sanksiyalar e’lon qilmoqchi

12.09.2025 | 18:4041273

AQSH prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinga nisbatan sabri tugayotganini ta’kidlab, Rossiyaning bank va neft sektorlariga yo‘naltirilgan yangi sanksiyalar joriy etilishini e’lon qildi.

Trampning sabr kosasi to‘ldi: u Rossiya banklari va neftiga sanksiyalar e’lon qilmoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaga nisbatan qattiq choralar ko‘rilishi mumkinligini ochiqcha bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sabri tezda tugayotgani va endi javob choralari zarurligi qayd etildi. Trampning aytishicha, yangi sanksiyalar asosan bank tizimi va neft sohasiga qaratilgan bo‘ladi. Shuningdek, u tariflarni ham kuchaytirishini bildirib, avval Hindistonga nisbatan shunday chora qo‘llanilganini eslatdi. Prezidentning ta’kidlashicha, Rossiya hozircha to‘rt yildan beri davom etayotgan urushni yakunlashga tayyormi-yo‘qmi, bu borada aniqlik yo‘q. U, shu bilan birga, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy muzokaralarga juda ham tez tayyorlik ko‘rsatmaganini qo‘shimcha qildi. Tramp «tango uchun ikki kishi kerak» deya izoh berib, ba’zi vaziyatlarda Putin rozi bo‘lganida Zelenskiy rad etganini, Zelenskiy tayyor bo‘lgan paytda esa Putin ikkilanib qolganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, hozir Zelenskiy muzokaralarga tayyor, ammo Putinning pozitsiyasi hali noma’lumligicha qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid