add

Trampning soliq islohoti Kongressdan o‘tdi: uning iqtisodiyotga ta’siri nimada?

22.05.2025 | 21:4516243

AQSH Kongressi 215 ga 214 ovoz bilan Donald Tramp taklif etgan yangi soliq qonunchiligini qabul qildi. Qonun biznes va boy qatlam uchun imtiyozlarni kuchaytirishi, davlat qarzini esa yana 4 trln dollarga oshirishi mumkin. Uning ta’siri faqat AQSH iqtisodiga emas, global moliyaviy bozorlarga ham tega boshladi.

Trampning soliq islohoti Kongressdan o‘tdi: uning iqtisodiyotga ta’siri nimada?
Tramp ma’muriyati ilgari surgan yangi soliq qonunchiligi AQSH Kongressi Quyi palatasida atigi bir ovoz farqi bilan qabul qilindi. Qonun hozircha Senatda ko‘rib chiqilmoqda. Agar qonun Senatdan ham muvaffaqiyatli o‘tsa, 4 iyulga qadar Tramp tomonidan imzolanishi mumkin. Qonun asosan 2017 yildagi TCJA soliq islohotini uzaytiradi. Korporativ soliq stavkasi 21 foizdan 20 foizga tushiriladi, kichik biznes uchun soliq bazasini qisqartirish miqdori 23 foizgacha ko‘tariladi. Jismoniy shaxslar uchun soliqda keskin o‘zgarish bo‘lmaydi, lekin davlat va mahalliy soliqlar (SALT) bo‘yicha chegirmalar 10 ming dollardan 40 ming dollargacha oshiriladi. Biroq bu islohot federal byudjetga katta bosim o‘tkazadi. AQSH Kongressi byudjet boshqarmasi hisobicha, 10 yilda byudjet daromadlari 4 trln dollarga kamayadi, davlat qarzi esa 3,8 trln dollarga ko‘payishi mumkin. Moody’s agentligi ushbu xavflarning fonida AQSHning reytingini Aaa dan Aa1 ga tushirdi. Qonunning ijtimoiy oqibatlari ham bahsli. Uning evaziga Medicaid va SNAP (oziq-ovqat talonlari) dasturlariga kirishda cheklovlar qo‘yiladi. Bu esa 8–15 mln kishini tibbiy yordam va oziq-ovqat ko‘magidan mahrum qilishi  mumkin. Tahlilchilari bu qonun boylar daromadini oshirishi, kambag‘allar daromadini kamaytirishini qayd etgan. Qonun qabul qilingani haqidagi xabarlar dollarning tushishiga va rublning mustahkamlanishiga olib keldi. Shu bilan birga, AQSH obligatsiyalari daromaddorligi ham o‘sdi — 30 yillik obligatsiyalar 5,15 foiz darajasigacha chiqdi. Investorlar esa AQSH moliyaviy barqarorligi bo‘yicha xavotirga tushgan.

Teglar

Mavzuga oid