add

Tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari soni qisqartiriladi

30.09.2025 | 18:0043172

Prezident Farmoni loyihasiga ko‘ra, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari soni 6 nafardan 4 nafargacha qisqartirilishi taklif etilmoqda.

Tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari soni qisqartiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasiga muvofiq, tuman va shahar hokimliklari faoliyatini takomillashtirishga oid yangi tartib taklif etilmoqda. Loyihaga ko‘ra, hokim o‘rinbosarlari soni qisqartirilib, ularning umumiy soni 4 nafar etib belgilanishi nazarda tutilgan. Hozirgi kunda tuman va shahar hokimlari tarkibida 6 nafar o‘rinbosar faoliyat ko‘rsatmoqda. Loyiha ishlab chiqilishida hokimliklar faoliyatini optimallashtirish, mas’uliyatni aniq taqsimlash hamda qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirish maqsad qilingan. Shu orqali mahalliy boshqaruv organlarining ish yuritish tizimida shaffoflik va hisobdorlik kuchaytirilishi ta’kidlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari soni qisqartiriladi | Vaqt.uz