add

Turkish Airlines Rossiya bilan aviaqatnovlarni bekor qildi: minglab turistlar yo‘lda qoldi

08.05.2025 | 15:5137273

Turkiyaning eng yirik aviakompaniyasi — Turkish Airlines Rossiyadagi transport muammolari tufayli Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa shaharlarga aviaqatnovlarni bekor qildi. Bu holat kamida 15 ming rus sayyohlarining harakatlanishiga ta’sir o‘tkazmoqda.

Turkish Airlines Rossiya bilan aviaqatnovlarni bekor qildi: minglab turistlar yo‘lda qoldi
Turkish Airlines 8 may kuni Rossiya shaharlariga — jumladan, Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va boshqalarga Antalya, Bodrum va Dalamandan belgilangan barcha reyslarni bekor qildi. Bu haqda RIA Novosti turizm sohasidagi manbalarga tayanib xabar berdi. Hozirda turoperatorlar yuz bergan holatni bartaraf etish uchun aviakompaniya bilan muzokara olib bormoqda. Rossiya Turoperatorlar assotsiatsiyasi (ATOR) ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 8 may kuni 30 dan ortiq reys bekor qilingan. Pegasus Airlines ham Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi parvozlarni vaqtincha to‘xtatgan. Bu transport muammosi 15 mingdan ziyod rus turistiga ta’sir qilmoqda. Bunday qaror Rossiyadagi aeroportlarda yuzaga kelgan texnik muammolar va xavfsizlik cheklovlari bilan bog‘liq. 8 may tongida Moskvadagi Sheremetyevo, Vnukovo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlarida 100 dan ortiq reys kechikdi. Vnukovoda 34 ta uchish va 28 ta qo‘nish reysi vaqtincha to‘xtatildi. Rossiya transport vazirligi kun oxirigacha parvozlar to‘liq tiklanishini ma’lum qildi. Kollapsga ukrain dron hujumlari sabab bo‘lgan — so‘nggi ikki kun ichida Rossiyaning bir nechta aeroporti vaqtincha yopilgan edi. Bu orqali Rossiyaning yirik aviakompaniyalari — “Aeroflot”, S7, “Pobeda” va boshqalar ham reyslarni birlashtirish va qisqartirishga majbur bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid