
Turkish Airlines yana rekord qo‘ydi: 8 oyda 60 mln yo‘lovchi tashildi
14.09.2025 | 23:1517803
Turkiyaning yetakchi aviakompaniyasi Turkish Airlines 2025 yilning 8 oyida 60,7 million yo‘lovchi tashib, o‘tgan yilga nisbatan 5,8 foiz o‘sish qayd etdi.

Turkish Airlines aviakompaniyasi 2025 yilning yanvar–avgust oylarida 60,7 million yo‘lovchi tashiganini ma’lum qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,8 foizga ko‘p. Yo‘lovchi o‘rinlarining umumiy yuklamasi 82,7 foizni tashkil etdi — o‘tgan yilga qaraganda 0,6 foizga yuqori.
Xususan, xalqaro transfer yo‘lovchilar soni 10,3 foizga ko‘payib, 23,1 millionga yetgan. Xalqaro reyslarda yuklama 82,3 foizYB, ichki reyslarda esa 86,7 foizni tashkil qildi. Buyurtma qilingan umumiy parvoz masofasi (ASK) 6,4 foizga oshib, 179,2 milliard kmga yetdi.
Yuk va pochta tashish hajmi ham o‘sgan — jami 1,4 mln tonna, bu esa 5,4 foizlik o‘sish demakdir. Bugunga kelib, Turkish Airlines aviaparki 501 ta uchoqni tashkil qilmoqda.
Avgust oyida kompaniya yanada yaxshi natijalarga erishdi — 9,4 mln yo‘lovchi tashildi, bu o‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan 11,9 foizga ko‘p. Transfer yo‘lovchilar soni 17,3 foizga o‘sib, 3,4 millionga yetgan. Avgustda umumiy yuklama 86,7 foiz bo‘lib, xalqaro reyslarda 86 foiz, ichki reyslarda esa 92,6 foiz darajasida qayd etilgan.
Avgust oyidagi ASK ko‘rsatkichi 8,2 foizga oshdi — 25,3 milliard kmga yetdi. Yuk va pochta tashish hajmi esa 191 ming tonnaga yetib, 10,5 foizlik o‘sish ko‘rsatdi.





